Reykasimon osma shiftlar

Reykasimon osma shiftlar — har xil o'lchamdagi alyuminiy yoki po'latdan yasalgan shiftlarning bir turi, ularning mukammal ishlanishi tufayli, juda keng ko'lamga ega. Bunday reykasimon shiftlar yetarlicha qattiqlik va zarbga qarshi chidamlilikka ega bo'lib, ularni ichki va tashqi pardozlash uchun ishlatish imkonini beradi.


Alyuminiy reykalar bug' va suv ta'siriga chidamli bo'lib, bu ularni podvallarga, hovuzlarga, oshxonalarga va hammomlarga o'rnatish imkonini beradi. Xuddi Grilyato singari, reykasimon profillar 0,70 mm. qalinlikdagi alyuminiy lenta, yoki 0,30-0,33 mm. qalinlikda bo'lgan po'lat lentalardan yasaladi.


Reykasimon shiftlarining narxi, ularning o'lchamlari va turli xil dizaynlarga qarab o'zgaradi. Ular har qanday yuqori yong'in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi kerak bo'lgan xonalarda o'rnatilishi mumkin.


Tabiiy korroziyaga qarshi xususiyatlari tufayli, ALYUMINIYDAN yasalgan shiftlarning xizmat qilish muddati kamida 50 yil.

Zamonaviy dizayn
Reykasimon shiftlar xonaga zamonaviy va uslubiy ko'rinish beradi.
Deformatsiya, korroziyaga va boshqa shikastlanishlarga chidamli bo'lib, uzoq yillar xizmat qiladi.
Modulli konstruktsiyaga ega bo'lgan reykasimon shiftlarni yig'ish oson bo'lib, ularni xonaning har qanday shakli yoki o'lchamiga moslashtirilishi mumkin.
O'rnatilgan kommunikasiyalaridan foydalanish qulayligi
Bunday osma shiftlar, elektr simlar, quvurlar va boshqa kommunikasiyalardan oson foydalanish imkonini beradi.
Reykasimon shiftlar ovoz o'tkazmaydigan va akustik xususiyatlarga ega bo'lib, xonadagi xar qanday shovqin va aks-sadoni kamaytirishga yordam beradi.

Reykasimon shiftlar — zamonaviy va jozibali interyer xohlaganlar uchun ajoyib echimdir. Osma shiftlar xonaga uslubiy va zamonaviy ko'rinish beradi. Ularning estetikasi odamni o'ziga jalb etib, interyerga o'ziga xos joziba va hashamat qo'shadi.


* Ijro muddati boshlang'ich to'lovdan keyin 3 kun ichida.


Reykasimon shiftlar zamonaviy va funksional interyerni yaratish uchun turar va noturar binolarida keng qo'llaniladi. Shuningdek ularni binoning tashqi qismlar uchun ham ishlatish mumkin, masalan: koziryok qo'plamalari va fasadlar uchun.

  • Turar va noturar binolar hamda ofislar
  • Mehmonxonalar
  • Savdo markazlari va do'konlar
  • Davlat muassasalari
  • Restoranlar, kafelar, tungi klublar
  • Sport majmualari, suzish havzalari va saunalar
Maslahat | bepul o'lchovlarga buyurtma berish
Sizning ideal interyeringiz kaliti

Bizning aloqa ma'lumotlarimiz

Savollaringiz bormi? Iltimos, yo'riqnoma to'ldirish orqali so'rov qoldiring yoki quyidagi telefon raqamlar orqali biz bilan bog'laning va biz sizni qiziqtirgan barcha savollar bo'yicha maslahat beramiz!

Manzil: Toshkent, M. Oybek, Afrosiyob ko'chasi, 35-uy