Grilyato osma shifti (Griliato)

Grilyato osma shifti (Griliato) — alyuminiy panjara ko'rinishidagi osma shiftlarning bir turi. Ular xar xil turdagi binolar uchun juda zamonaviy va original yechimdir. Bugungi kunga kelib, turli xil rangdagi panjara shiftlarini supermarketlarda, aeroportlarda, savdo markazlarida, restoranlarda, suzish havzalari, sport zallarida va boshqa joylarda ko'rishingiz mumkin.


Grilyato texnik xususiyatlari (Griliato)


Shift 0,35 mm qalinlikdagi alyuminiy lentadan tayyorlanib, zavod sharoitida issiq quritish usuli bilan bo'yalgan.

Qoplama ranglari: qora va oq mat, metall kumush. Boshqa ranglar talab bo'yicha.


Shiftning og'irligi: katakchalarning hajmiga qarab 2kg dan 4 kg gacha 1kv.m

Profil balandligi: 40 mm.


Katak o'lchamlari: standart 90*90mm., 90*50mm., 90*160mm., 50*50mm., 50*160mm., 50*200mm., 100*100mm., 160*160mm., 200*200mm. Boshqa o’lchamlar talab bo'yicha.


"Grilyato" shiftlardan foydalanish zamonaviy ichki dizaynda tobora keng tarqalgan.


Bunday shiftlar zamonaviy uslub va estetikaning aniq belgisi bo'lib, ichki dizayndagi moda yo'nalishlaridan foydalanishga urg'u beradi.

Noyob dizayn
Grilyato hajm va o'zgacha dizayn bilan taassurot yaratadi
Turli xonalar uchun universal yechim
Ushbu yechim xonaga o'ziga xos ko'rinish berib, interyerni yanada jozibali va zamonaviy qiladi.
Tekstura va ranglar tanlovi
Tekstura va ranglarning o'zgarishi har qanday interyer uslubi va mijozlarning istagiga qarab maqbul yechimni tanlash imkonini beradi.
Grilyato nisbatan sodda o'rnatish bilan ajralib turadi, bu esa o'rnatish jarayonini tez va tejamkor qiladi.

Grilyato shiftlari —bu nafaqat dekorativ element, balki uyingizda yoki ofisingizda qulay va zamonaviy muhit yaratish uchun funksional yechimdir. Interyerdagi so'nggi tendensiyalarni hisobga olgan holda yuqori sifatli materiallardan tayyorlangan grilyato shiftlari nafislik va jozibalikning mukammal uyg'unligidir.


* Ijro muddati boshlang'ich to'lovdan keyin 3 kun ichida.


Grilyato shiftlari jamoat binolarida ichki makonlar otdelkasi uchun, shuningdek, koziryoklar, kirish lobbilari va ayvonlarning tashqi qoplamasi uchun keng qo'llaniladi:

  • Turar - joy va ofis binolari hamda markazlari
  • Savdo majmualari va do'konlar
  • Ma'muriy komplekslar
  • Restoranlar, kafelar, tungi klublar
  • Transport terminallari (aeroportlar, temir yo'l stansiyalari)
  • Sport majmualari, basseynlar, saunalar va mehmonxonalar.
Maslahat | bepul o'lchovlarga buyurtma berish
Sizning ideal interyeringizning kaliti

Bizning aloqa ma'lumotlarimiz

Savollaringiz bormi? Iltimos, yo'riqnoma to'ldirish orqali so'rov qoldiring yoki quyidagi telefon raqamlar orqali biz bilan bog'laning va biz sizni qiziqtirgan barcha savollar bo'yicha maslahat beramiz!

Manzil: Toshkent, M. Oybek, Afrosiyob ko'chasi, 35-uy